zehn.kids Orqaga

Ommaviy oferta

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 4-oktabr

1. Umumiy qoidalar

Ushbu hujjat Zehn.kids platformasi (keyingi o'rinlarda — Platforma) xizmatlaridan foydalanish bo'yicha ommaviy taklif hisoblanadi.

Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tish paytida rozilik belgisini qo'yishi yoki obuna to'lovini amalga oshirishi ofertani to'liq qabul qilganini bildiradi.

2. Xizmat tavsifi

Platforma mental arifmetika, xotira va diqqatni rivojlantiruvchi onlayn mashg'ulotlar, ustozlar uchun guruh va davomat boshqaruvi, uy vazifasi tizimini taqdim etadi.

Standart obuna — o'quvchi faqat ustozi belgilagan mashg'ulotlarni bajaradi. Pro obuna — o'quvchi mashg'ulot sozlamalarini o'zi tanlaydi (tarif limitlari doirasida).

3. To'lov va muddat

Obuna narxi va muddati platformadagi tariflar sahifasida ko'rsatiladi. Muddat to'lov tasdiqlangan kundan boshlab hisoblanadi.

Muddat tugashiga 3 kun qolganda foydalanuvchi panelida ogohlantirish chiqadi.

4. Akkauntdan foydalanish

Bitta akkaunt bir vaqtda faqat bitta qurilmada ishlaydi. Boshqa qurilmadan kirilganda oldingi qurilmadagi sessiya avtomatik yopiladi.

Login va parolni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi. Bunday holat aniqlansa, akkaunt vaqtincha cheklanishi mumkin.

5. Javobgarlik

Platforma texnik ishlarni oldindan e'lon qilgan holda xizmatni qisqa muddatga to'xtatishi mumkin.

Nizolar muzokara yo'li bilan, kelishilmagan taqdirda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.

Yuklanmoqda...